20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18 °C

Sport
25 Yanvar  2019 1270

Osiyo Kubogi. Dastlabki yarim finalchilar ma’lum bo‘ldi

Kecha Osiyo Kubogi chorak finalining ikki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yaponiya Vetnamga qarshi maydonga tushgan bo‘lsa, Eron va Xitoy terma jamoalari ham yarim final masalasini hal qilib olishdi.

Birinchi bo‘lib Yaponiya va Vetnam terma jamoalari maydonga tushishdi. Ochig‘ini aytish kerak, Vetnam terma jamoasini bu bosqichgacha yetib keladi deb hyech kim kutmagan edi. Vetnamliklar bu musobaqada munosib o‘yin ko‘rsatishdi. Kechagi o‘yinda yaponlarga ham yetarlicha qarshilik ko‘rsatishdi, faqat omad yetishmadi xolos. 57-daqiqada hakam Vetnam darvozasiga penalti belgiladi. Doan bu vaziyatdan unumli foydalanib, uchrashuvdagi yagona golni kiritdi (1:0) va yaponlarni yarim finalga olib chiqdi. 

Eron – Xitoy uchrashuvida esa forslar yaqqol ustunlik qilishdi. Chempionlikka davogar sifatida qaralayotgan Eron Xitoy darvozasiga uchta javobsiz to‘p kiritdi.

Endi yarim finalda Eron terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Bugun chorak finalning qolgan ikki o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda Janubiy Koreya Qatarga qarshi maydonga tushsa (18:00), Avstraliya musobaqa mezboni BAA bilan kuch sinashadi (21:00).

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech