23 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,2 °C

Sport
26 Yanvar  2019 1816

Osiyo Kubogi. Janubiy Koreya va Avstraliyaning yurishi chorak finalda to‘xtadi  

 

Kecha chorak finalning qolgan ikki o‘yini ham o‘tkazildi. Birinchi uchrashuvda Qatar terma jamoasi Janubiy Koreya bilan bellashdi va kutilmaganda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golga Abdulaziz Hatim mualliflik qildi. 79-daqiqada uning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini koreyaliklar darvozaboni qaytara olmadi. Qatarliklar yarim finalda.

 

Ikkinchi uchrashuvda BAA terma jamoasi musobaqaning amaldagi g‘olibi Avstraliya bilan bellashdi. Bu uchrashuvda ham muxlislar bitta gol ko‘rishdi xolos. 68-daqiqada avstraliyalik himoyachi to‘pni o‘z darvozaboniga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi. BAA hujumchisi Ali Mabxut to‘pni egallab oldi va darvozabonni aldab o‘tib o‘yindagi yagona golni kiritdi, 1:0.

Endi musobaqa mezbonlari yarim finalda Qatar bilan kuch sinashadi.

Bungacha Yaponiya va Eron yarim final yo‘llanmasini hal qilgandi. Bu ikki terma jamoa yarim finalda o‘zaro o‘ynaydi.

 

Yarim final o‘yinlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

28-yanvar

Yaponiya – Eron (19:00)

29-yanvar

Qatar – BAA  (19:00)

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech