18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,8 °C

Ta'lim
25 Noyabr  2019 3045

OTM sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqi ega bo‘lmagan tashkilotlardan ogoh bo‘ling

So‘nggi paytlarda ayrim qo‘shtirnoq ichidagi o‘zini “nodavlat oliy ta'lim tashkiloti” yoki “xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining filiali” deb tanitib, xalq orasida turli xil ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda, reklama roliklarida o‘zining yolg‘onlari, g‘araz maqsadlari yo‘lida yoshlarni chalg‘itish, aldash holatlari uchramoqda.

Yangi o‘quv yili boshlanganiga 3 oy bo‘lgan bo‘lsada, 2019/2020-o‘quv yili uchun o‘qishga kirishga abiturientlardan hujjat qabul qilish jarayoni davom etayotganligi va ushbu xizmat uchun pul undirilayotganligi, kontrakt shartnomalari tuzilayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga abiturientlar, ularning ota-onalari va yaqinlari tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Xususan, fuqarolardan bo‘layotgan murojaatlarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasining ayrim oliy ta'lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi hududida oliy ta'lim berishga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmay turib, abiturientlardan hujjat qabul qilmoqda.

Jumladan:

- Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti;

- Moliya, iqtisod va zaxiradagi ofitserlar huquqi instituti;

- “Tadbirkorlik oliy maktabi” xususiy oliy ta'lim muassasasi;

- “Sharqiy-yevropa instituti” xususiy oliy ta'lim muassasasi;

- “Sibir biznes va axborot texnologiyalari instituti” nodavlat oliy ta'lim muassasasi va boshqalar.

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, nodavlat ta'lim tashkiloti sifatida Ta'lim inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tmagan nodavlat ta'lim tashkilotlari tomonidan berilgan ta'lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar yuridik huquqqa ega emas.

Ta'lim inspeksiyasi fuqarolarni haqqoniy va shaffof ma'lumot bilan ta'minlash hamda ularning faoliyat bilan shug‘ullanish vakolatiga ega bo‘lgan ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim sifati bo‘yicha ma'lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida O‘zbekistonda akkreditatsiyalangan va diplomi tan olinadigan oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatini e'lon qilib bormoqda. Quyidagi manzil (tdi.deepx.uz) orqali tanishishingiz mumkin.

Mazkur masala yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin: @Uztdibot

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech