13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,1 °C

Dolzarb
8 Aprel  2019 1597

Yevropa kosmik agentligi yer aholisi uchun tanlov e'lon qildi

ExoMars 2020 missiyasi doirasida YEKA yerliklarga o‘z ovozini Mars sayyorasiga jo‘natishni taklif etmoqda.

 

Bu haqda LCI portali shunday xabar tarqatdi.

Yozilgan ovoz Marsga yetib borishi uchun oldin istalgan formatdagi audiofayl taqdim etilishi lozim bo‘lgan maxsus tanlovdan o‘tish talab etiladi. Bunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yozuvlar afzalroq, deb baholanadi.

Apparat qizil sayyora yuzasiga qo‘ngach, tanlab olingan 11 ta audioyozuvdan biri ilmiy moslamani sinab ko‘rish uchun qo‘yiladi va radiosignal sifatida yerga yuboriladi, deya keltiradi portal.

ExoMars 2020 kosmik apparati bortiga Rossiyaning qo‘nish platformasi va Marsda hayot alomatlari mavjudmi-yo‘qmi  aniqlashga mo‘ljallangan marsdayurari ortiladi va u 2021-yilning fevral-mart oylarida qizil sayyoraga qo‘nadi, deya xabar beradi «Izvestiya» nashri ham.

2018-yilning oktyabrida esa rossiyalik olimlarning Marsga diktofon jo‘natishlari ma'lum bo‘lgandi. Ovoz yozuvchi moslama ExoMars-2020 kompleksiga o‘rnatiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech