20 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Xavfsizlik
11 Yanvar  2020 662

Tog‘dagi dam olish jinoiy ish bilan yakun topdi

2020-yil 5-yanvar kuni, taxminan soat 11-00 da Toshkent viloyatidagi “Chimyon” tog‘-chang‘i dam olish maskanida qorda yurar mashina haydovchisi damlama matratsda qiyalikdan tushib kelayotgan odamlar ustiga chiqib ketdi.

Hodisa oqibatida har xil darajadagi tan jarohatlari olgan uch kishi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. Ulardan birining ahvoli og‘ir.

Mazkur hodisa yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB qoshidagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish (transport vositasi harakati yoki ulardan foydalanishdagi xavsizlik qoidalarini buzish) qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov oldi surishturuv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech