20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Salomatlik
10 Iyun  2019 874

O‘tgan 5 oyda tez tibbiy yordamga 4 milliondan ortiq murojaat bo‘lgan

Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransportga bo‘lgan talabi mamlakatimiz tarixida birinchi marta to‘liq hajmda  qoplandi. Ya'niy 1500  ta yangi avtomashinalarni harid qilish evaziga ularning umumiy soni 2400 ga yetkazildi. Yangi harid qilingan 231 ta zamonaviy reanimobil 4,1 million AQSh dollari miqdoridagi zarur asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlandi. Keyingi bosqichda yana 1200 ta tez tibbiy yordam mashinasini to‘liq va 712 ta avtomobilni qo‘shimcha jihozlash rejalashtirilgan.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan  matbuot anjumanida so‘z yuritildi.

Tez tibbiy yordam xizmatini avtotransport bilan to‘liq ta'minlanishi brigadalarning chaqiriqlarga kechikishi holatlarini keskin kamaytirdi. Kechikish holatlarini yanada kamaytirish maqsadida mavjud 2400 dan ortiq brigadadan 1513 tasi  uzoq hududlarda joylashgan aholi punktlariga yaqinlashtirildi. Tez tibbiy yordam xizmatini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash jarayonini markazlashtirish natijasida bir chaqiriqning dori vositalari bo‘yicha qiymatini har yili kamida ikki barobar oshirib borishga erishildi va joriy yilda ushbu ko‘rsatkich  5800 so‘mni tashkil qilmoqda. Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasini faoliyat ko‘rsatayotganligi ham  soha rivojida muhim o‘rin tutmoqda.

Anjumanda e'tirof etilganidek, Shoshilinch tibbiy yordam tizimi sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik va kuchli ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilma hisoblanadi. Birgina o‘tgan yilda ushbu tizim muassasalariga jami 13 milliondan ziyod bemorlar murojaat qilgan bo‘lib, shulardan 9,8 million nafarga yaqini  “103” xizmati bo‘yicha va 3,3 millionga yaqini statsionar tuzilmalarga murojaat qilishgan. 2019 yilning o‘tgan 5 oy mobaynida esa umumiy murojaatlar soni 4 millionda ziyodni tashkil etib, 1,2 milliondan ortiq bemorga statsionar muassasalarda yordam ko‘rsatildi. 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va subfiliallarida yiliga 300 mingdan ortiq bemorga statsionar sharoitda murakkab xirurgik amaliyotlar o‘tkazilmoqda. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami va ahamiyatini e'tiborga olgan holda aholiga shoshilinch va tez tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan qator huquqiy hujjatlar qabul qilinayotgani ham tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va uning faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayapti.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech