17 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Moliya
21 Yanvar  2020 960

«UzNEX» kripto birjasi ochildi

Bugun poytaxtimizdagi Koreya madaniyat markazida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Blokcheyn sohasi bo‘yicha Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari, O‘zbekistondagi vazirlik va idoralarining vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lgan “UzNEX” kripto birjasining ochilishi haqida e'lon qilindi.

Портал pv.uz/Правда Востока/21 января. Ijtimoiy raqamli resurslar taqdim etuvchi "UzNex" kripto birjasida O‘zbekiston fuqarolari mobil ilovalar yordamida kripto valyutani sotib olishlari, sarmoya sifatida kiritishlari, shuningdek, yuqori daromadga erishayotgan professional investorlarning kundalik investitsion yondoshuvini o‘rganish orqali uni tahlil qilishlari va o‘rganishlari mumkin. Dunyodagi yetakchi kripto birjalarning xavfsizlik bo‘yicha ekspertlari uzluksiz platforma tizimini muntazam monitoring qilib boradi. Muhandislik texnologiyasi markazi esa jinoiy bitimlar bilan kurashish bo‘yicha FATF maslahatlariga muvofiq, ixtisoslashtirilgan yechimlar taqdim etadi.

O‘zbekistondagi ilk kripto-birja – “UzNEX” ta'sischisi hisoblangan “KOBEA GROUP” kompaniyasi kelgusida O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida blokcheyn bo‘yicha maxsus kafedralar ochishni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va blokcheynning imkoniyatlari istiqbolli deb baholanyapti. Kompaniyalarga kriptoaktivlar borasida erkin faoliyat yuritishiga davlatimiz rahbarining 2018-yil 2-sentyabrdagi qarori asos bo‘ldi. Qaror asosida tashkil etilgan “Raqamli ishonch” jamg‘armasining maqsadlari ham blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish, ushbu texnologiyaning ijtimoiy-iqtisodiy sohada tutgan o‘rni va vazifalari haqidagi ma'lumotlarni jamoatchilikka yetkazishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, loyiha boshqaruvi milliy agentligi Mobiuz va «O‘zbekgidroenergo» davlat kompaniyalariga investorlarni jalb qilish maqsadida kripto aktivlarni birlamchi joylashtirish bo‘yicha hujjat loyihasini ishlab chiqdi. Ushbu hujjat tasdiqlansa, O‘zbekiston dunyoda ushbu amaliyot joriy etilgan ilk davlatga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kripto aktivlar aylanmasi sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi saytida joylashtirilgan bo‘lib, 31-yanvar kuniga qadar muhokama uchun ochiq.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech