22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Mamlakatimizda
11 Iyul  2019 416

OTMga qabul jarayoniga maxsus jihozlangan avtobuslar ham jalb etilmoqda

OTMga hujjat topshirish bo‘yicha murojaat etuvchilarning yuqori oqimi tufayli Davlat xizmatlari markazlari 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilgan edi. Ya'ni, hujjatlarni istalgan qulay vaqtda topshirish imkoniyati yaratilgan.

Abiturientlarning yuqori oqimi sababli, maxsus xizmat uskunalar bilan jihozlangan Davlat xizmatlari agentligining avtobuslari ham qabul jarayoniga jalb etilmoqda, deb xabar beradi agentlik matbuot xizmati.

Xususan, Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan bunday mobil xizmatlar Samarqand davlat universiteti hududida ko‘rsatilmoqda. Kunning birinchi yarmida ular 100 dan ortiq abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech