23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Kеyingi avlod
26 Iyul  2019 511

2019–2020-o‘quv yilidan OTMlarda yangi yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanadi

Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (626-son, 25.07.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qaror bilan Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi hamda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Ushbu muassasalarda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni  tashkil qilish maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi tanlov o‘tkazadi.

Mazkur usulda ovqatlantirishni tashkil etish orqali tejalgan mablag‘ tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

Qarorga ko‘ra, 2019–2020-o‘quv yilidan OTMlarda umumiy kvotalar doirasida “Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish” yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari va oshpaz yordamchilari har 3 yilda bir marta sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishida malakasini oshiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech