15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,2 °C

Tashvishli xabar
4 Sentyabr  2019 949

Zaharlangan ishonch yoxud Samarqanddagi jonivorlarga nisbatan shafqatsizlik

Qadim-qadimdan o‘zbek xalqi mehmondo‘st, saxovatli va bag‘rikeng hisoblanadi. Biroq Samarqandda sodir bo‘lgan (va, ehtimol, davom etayotgan) so‘nggi hodisalar o‘zining shafqatsizligi bilan dahshatga soladi. 28 avgustda ijtimoiy tarmoqlarda «Spark» va «Nexia» avtomobillari haydovchilarining mashinalarini ataylab itning ustiga haydagani aks etgan shov-shuvli videolari tarqaldi.

Birinchisida yo‘lni kesib o‘tayotgan jonivorni «Nexia» mashinasi bosib ketishga urinadi, so‘ng «Spark» haydovchisi uni bosishga uch marta (!) harakat qiladi. Bularning barchasi PPX ko‘z o‘ngida sodir bo‘ladi. Ikkinchi videoda PPX xodimi itga g‘ishtga o‘xshagan narsani otadi.

Keyinchalik rasmiy xabarlarga tayanilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu it bir necha kishini tishlagan, tirnash va tishlash izlari chuqurligi turli darajada ekani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Mantiqiy savol tug‘iladi: bunday vaziyatlar bilan kim shug‘ullanishi kerak? Tutishda og‘riqlisidan tortib, joyida o‘ldirishgacha bo‘lgan usullar taqiqlangan tutish xizmati. Nima uchun vaziyatni begona odamlar nazoratga olishgan? Ularga jonivorlarni bunday shafqatsiz tarzda hayotidan mahrum etishga kim ruxsat bergan?

«Mehr va Oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyatida bu harakatlar qoralandi: «bunday reaksiyaning sabablari qanaqa bo‘lishidan qat’iy nazar, mazkur ish bilan vakolatga ega shahar obodonlashtirish xizmati qoshidagi qarovsiz hayvonlarni tutish maxsus bo‘limi shug‘ullanishi lozim. Yoshlarimizga bu insonlarning harakatlari qanday o‘rnak ko‘rsata oladi? Buni huquqiy baholash va huquqbuzarlarni javobgarlikka tortish zarur, deb hisoblaymiz».

Yaqinda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha (ilgari EKIHning ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. HHQJ katta miqdordagi jarimani qonuniylashtirishni taklif etgan.

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi keltiriladi.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi nazoratsiz hayvonlarni tutishga ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalashgan otryad boshlig‘i Vladimir Ravdin «Aytilgan so‘z mas’uliyati» («Pravda Vostoka» 2019-yil 15-iyul) maqolasiga sharhda quturgan itni ushlash to‘g‘risida hyech qanday ariza kelib tushmaganini ta’kidladi. Keyin Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmatiga murojaat qildik, agar shunday bo‘lsa, qaysi hududlarda va nechta hodisa qayd etilgan, bilish maqsadida. Bizni respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (DSENM)ning o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘limiga yo‘naltirishdi. Mutaxassislar faqat quturishning oldini olish va sabablari haqida izoh berishdi. Ammo mamlakat aholisiga yuqishi hollari qayd etilganmi, degan savolga javob bo‘lmadi. Xullas, ana shu savolimiz baribir ochiq qoldi: bizda quturish kuzatilganmi yoki yo‘q?

Tarmoqda Samarqandning «Istiqbol» mahallasida istiqomat qiluvchi ayolning videolavhalari «aylana» boshladi. Ularda noma’lum shaxslardan iborat to‘rt kishilik guruh sosiskaga o‘xshash narsani (tasvirga oluvchining aytishicha, zaharlangan) tashlashayotgani aks etgan. Aytishicha, ular shuningdek, agar egalari uyda bo‘lsa, o‘zini veterinarlar, deb tanishtirib, uy hayvonlarini navbatdan tashqari emlashni talab qilishgan va keyin o‘ldiruvchi «emlash»ni amalga oshirishgan.

«Men - samarqandlikman» ijtimoiy guruhida shahar ko‘chalaridagi o‘lik itlar, mushuklar va hatto, qushlar haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Labrador zotiga mansub uy itining qanday o‘ldirilgani bilan ham tezda o‘rtoqlashishdi. E’lon qilingan xabar muallifining farzandi it bilan o‘ynagani sababli hali aniqlanmagan toksik modda ta’siridan zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Keyinchalik Samarqand hokimiyati rasmiy bayonot bilan chiqdi va hayvonlarni ommaviy zaharlash faktini tan oldi. Ma’lum bo‘lishicha, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi shahar obodonlashtirish boshqarmasi bilan birgalikda ana shu ishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan ishchi guruh tuzgan. Hokimlik ma’muriyati matbuot xizmati ham faqat boshpanasiz va yuqumli kasalliklarga chalingan hayvonlarni yo‘q qilishni ma’qullagan.

Qarovsiz va daydi itlarni yo‘q qilish [zaharli?] xo‘rak orqali amalga oshirilganini xabar qilishdi. Biroq ishchi guruh a’zolaridan birining ham uy itiga xo‘rak bergani aniqlandi. Videoda aynan ana shu holat aks etgan. Uning harakatlari ko‘rsatmalarga mos kelmaydi. Bu shaxsga nisbatan qonun doirasida chora ko‘riladi.

Iyunni eslaylik. Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi (QHTBT) portaliga Vazirlar Mahkamasining «Uy va qarovsiz hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish va ularni saqlash boshpanalarini yaratish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi va unda tutish xizmati xodimlari hayvonlarning o‘limiga, jarohatlanishiga, shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan usullar va texnik moslamalardan, shuningdek, ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan preparatlardan foydalana olmasliklari.

Qaror loyihasi muhokama qilinayotgan bir paytda, xorijliklar o‘rtasida ham aks sadoga sabab bo‘lgan bugungi kunga qaytamiz.

Anna S., Rossiya: «Qadrdon O‘zbekistonda nimalar bo‘layotganini kuzatib boraman va ko‘zlarimga ishonmadim».

Olga X., Janubiy Koreya: «Bu yerda bunday vahshiyliklar sodir bo‘lmaydi. Mushuklar va boshqa hayvonlarga mo‘ljallangan kafelar bor, aholi ham uy jonivorlariga birday muhabbat bilan qaraydi. Kimningdir shaharni tozalashga buyruq berishi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan gap. Unda insonparvarligimiz qayoqda qoladi? Farzandlarimiz va yoshlarimizga o‘rnak bo‘lish-chi?»

Sogdiana S., AQSh: «Bu davlatda hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lganlik uchun bir necha yilga qamalish ham mumkin. O‘zbekistonda jarimaga tortish bilan cheklanib qolaverilsa, begunoh jonivorlarni o‘ldirish davom etaveradi».

***

Ta’kidlash joizki, «Mehr va Oqibat» HHKJ a’zolari zudlikda Samarqandga yetib borib, voqyea joyiga tashrif buyurishdi, travmatologiyada jabrlanganlar (shifokorning aytgan it qopgan 16 ta bemordan uchtasi) bilan uchrashishdi, it egasini topdilar (tergov manfaatlari uchun bunga batafsil to‘xtalmaymiz), PPX va JTSB boshlig‘i bilan uchrashdi, ko‘ngillilar bilan suhbatlashdi va natijada NNT nomidan voqyea joyidagi inspektorga ariza taqdim etildi. Ariza qabul qilindi va birinchi bosqichda hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish va yo‘l harakati qoidalarining buzilishi borasidagi ishlab boshlab yuborildi.

Ishni sudgacha olib borish va huquqbuzarlarni jinoiy javobgarlikka tortish talabi bilan 400 dan ortiq fuqarolar murojaatlari qayd etildi.

Videoni ko‘rgach, NNTga yozib yuborgan xorijiy davlatlar fuqarolari bor. Ular orasida Samarqandga safarini bekor qilib, chiptasini (o‘zlarining so‘zlaridan) qaytarib topshirganlari ham bor ekan.

Ana shu vaqt mobaynida «Mehr va Oqibat» HHKJga «Terra» HHKJ nodavlat notijorat tashkiloti a’zolari hamroh bo‘lishdi va yordam berishdi.

Bundan tashqari, portallarda xususan, hayvonlarni yo‘q qilganlar uchun jazo talab etilgan petitsiyalar tashkil etildi. Ularni imzolagan insonlar insonparvar mamlakatda yashashni istashadi. Va minglab fuqarolar kabi, hodisaning natijasini, shuningdek, hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish mas’uliyatni qayta ko‘rib chiqilishini kutmoqda.

Hodisani O‘zbekiston Ekologik partiyasi bo‘lim rahbari Tohir Soliev izohlaydi:

- Ekologik partiya yaqin kunlarda Samarqanddagi jonivorlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan deputatlik so‘rovi tayyorlaydi. Jonivorlar bilan munosabatlarga oid me’yoriy hujjatlar mavjud va ular qonun va axloq nuqtai nazaridan ham buzilmasligi lozim. Instansiyamiz vakillari Samarqandda sodir bo‘lgan hodisalarga rasmiy javob so‘rashadi.

Rasman:

Samarqand viloyati ma’muriyati bo‘lib o‘tgan voqyea yuzasidan tushuntirish berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi «Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzurida nazoratsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etilgan. Samarqandda ham shunday bo‘limlar tashkil etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan video mansabdor shaxslar va jamoatchilik vakillari tomonidan diqqat bilan o‘rganib chiqilgan va muhokama qilingan.

Afsuski, mazkur hodisa yo‘q qilish o‘rniga itlarni davolash, ro‘yxatga olish hamda vaqtida emlash bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lgan shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi aybi bilan sodir bo‘lgani aniqlandi.

O‘rganish natijasida Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mudiri O. Allamurodov hamda Samarqand shahar veterinariya bo‘limi Siyob vetuchastkasi rahbari U. Rajabov bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Ular egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Samarqand viloyatidagi boshqa shunga o‘xshash muassasalar rahbarlari bunday noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish zarurligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi.

Tadqiqot natijalari ushbu ishda aybdorlarga nisbatan qonuniy qarorlar qabul qilishni ta’minlash uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Viloyat ma’muriyati Samarqandning barcha aholisini hukumat bilan hamkorlik qilishga, bunday noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar, telegram-messenjerlar yoki 1177-raqamli «ishonch telefoni» orqali xabardor qilishga chaqiradi, deya xabar beradi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.

pv.uz

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech