24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Xavfsizlik
19 Iyul  2019 511

Kattaqo‘rg‘onda 33 yoshli shaxs o‘z akasini urib o‘ldirdi

17-iyul kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi aka-ukalar o‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida uka o‘z akasini urib o‘ldirdi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Gap shundaki, 33 yoshli U.T. Navbahor mahallasi hududida joylashgan “Marjona” oshxonasida akasi 47 yoshli O.T. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilib, uylariga ketayotgan vaqtlarida o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli U.T. akasi O.T.ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada O.T. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. U.T.ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech