17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Xavfsizlik
10 Iyul  2019 458

O‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolni Milliy gvardiya xodimi qutqarib qoldi

9-iyul kuni soat 21:40 lar atrofida «Qo‘yliq» dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolni ko‘rib befarq bo‘lmagan aholining sa'y-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi o‘z vaqtida yetib kelgan. 

Albatta, fuqarolar yordamga oshiqqan, ammo qaltis vaziyat tufayli ular to‘xtab turishga majbur bo‘lgan. Ana shu vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati sababli ayolning hayoti saqlab qolingan, deb xabar beradi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Shundan so‘ng fuqaro hudud IIB bo‘linmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Suhbat natijasida fuqaro 1992-yil 15-iyunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida tug‘ilgan A.B. ekanligi, turmush o‘rtog‘i B.E. bilan oilaviy janjallar sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi. 

Hozirda fuqaro A.B.ga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech