25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,1 °C

Salomatlik
10 Aprel  2020 317

O‘z yashash manzillariga kuzatib qo‘yildi

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston» chegara posti orqali Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan vatandoshlarimiz kutib olingan.

26-mart kuni Quvasoy shahridagi «O‘zbekiston» chegara postida Qirg‘iziston Respublikasining Qizilqiya shahridan kelgan 67 nafar mamlakatimiz fuqarolari kutib olindi.

Bir nafar fuqaroning tana harorati yuqori bo‘lganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan va qolgan 66 nafar fuqarolar Quvasoy shahridagi «Kvars» AJga qarashli sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirilib, to‘liq tibbiy kuzatuvga olingan edi.

Ikki hafta davomida tibbiy kuzatuvda bo‘lgan fuqarolarda tahlillar o‘tkazilib, koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Bugun ular o‘z yashash manzillariga kuzatib qo‘yildi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, kuni kecha Tailandning Bangkok shahridan charter reys orqali Farg‘onaga olib kelinib, Rishton tumanidagi «Yoshlik» sog‘lomlashtirish markaziga karantinga joylashtirilgan 256 nafar mamlakatimiz fuqarolari ham o‘z uylariga kuzatib qo‘yildi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech