23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Sport
25 Fevral  2019 1332

O‘zbekiston 2030-yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin

Shu kunlarda Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi. Unga tashrif davomida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti, OOK Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar farmon va OOK kotibi Lyusen Alvarez hamrohlik qilmoqda.

 

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov OOK prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov ham ishtirok etdi. Unda tomonlar 2030-yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Shuningdek, uchrashuv davomida yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish mexanizmi, o‘yinlar translyasiyasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

XXI Osiyo o‘yinlarni qabul qilish uchun shuningdek, Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da’vorgarlik qilishmoqda.

Uchrashuv davomida OOK prezidenti O‘zbekistonda Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun imkoniyatlar yuqoriligi, mamlakatimiz hattoki bu bo‘yicha yetarli ustunliklarga ega ekanligini aytib o‘tdi. Martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek sportga qaratilayotgan e’tibor bu borada muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston bungacha Osiyo o‘yinlarini qabul qilmaganligi, bu esa musobaqa geografiyasini oshirishga hizmat qilishi va ushbu kurashda mamlakatimizning imkoniyatlarini yaxshigina oshirishini qayd etib o‘tdi.

Ushbu muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Assambleyalaridan birida Osiyo o‘yinlari-2030 mezbonligi bo‘yicha o‘z taqdimotini o‘tkazishiga kelishib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech