10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Energetika
6 Fevral  2020 6923

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston atom energetikasini rivojlantirishda yakdil fikrda

2020-yil 5-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Qozog‘iston Respublikasi ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M. Mirzagaliev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar axborot sohasida hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni rivojlantirish va atrof-muhitga, shuningdek, atom energiyasining ekologiyaga ta’sirini baholash bo‘yicha hamkorlik mavzulariga to‘xtaldi.

O‘zbekiston Respublikasida AES qurilishi bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi, umuman davlat yadroviy-energetika dasturini amalga oshirish va yadroviy infratuzilmani yaratish, shuningdek yadroviy xavfsizlik sohasidagi xalqaro huquqiy vositalarni implementatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, xabar qilinishicha, xalqaro me’yorlar va MAGATE ning talablariga muvofiq yaqin kelajakda O‘zbekiston Respublikasi va qo‘shni davlatlar hududida, shu jumladan, Qozog‘iston Respublikasida O‘zbekiston AES inshootlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga doir faoliyatning atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha jamoat eshituvlari o‘tkazilishi kutilmoqda.

Qozog‘iston tomoni qo‘shni davlat tomonidan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralarni ijobiy baholadi va bundan buyon atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida yaqindan hamkorlik qilishni taklif etdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra ushbu yo‘nalishda birgalikda ish olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech