01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Hukumat
12 Mart  2020 342

O‘zbekiston Bosh vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardor Umurzoqovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Sardor Umurzoqov 1977 yilning 23 noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2000-2003 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida;

2003 yildan 2004 yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Samarqand falialida ishlagan.

2004-2007 yillarda Londonda yashagan.

2007-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligida turli lavozimlarda;

2014-2019 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” assotsiatsiyasida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoniga binoan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech