09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,5 °C

Madaniyat
5 Fevral  2020 1970

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi

2020-yil 4-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4585-sonli «Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat OTM shaklida Madaniyat vazirligi tizimida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi.

Shuningdek, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tizimidagi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab akademiya tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantirildi.

Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlari tashkil etiladi.

Akademiya va maktab-internatlarning asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, akademiya kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlaydi, raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaydi.

Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarda ta’lim 1-4-sinflarda, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 1-11-sinflarda olib boriladi.

Akademiya va maktab-internatlarning professor-o‘qituvchilari, talabalari va o‘quvchilari ijodiy faolligini yanada oshirish, ta’til davomida ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 50 o‘rinli oromgoh tashkil qilinadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

 

 

Muzaffar Abdullayev olgan suratlar

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech