19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Salomatlik
29 Mart  2019 1457

O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa farmakopeyasi 163-sessiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov boshchiligidagi delegatsiyasi Fransiyaning Strasburg shahrida bo‘lib o‘tgan Sog‘liqni saqlash uchun dori vositalarining sifati bo‘yicha yevropa kengashi direktorati Yevropa farmakopeyasi 163-sessiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

 

Globallashuv sharoitida dori vositalarini standartlashtirish va sifat nazorati bo‘yicha umumiy yondashuvlar zarurati mavjud. Bunda turli mamlakatlar mutaxassislari bilan axborot va fikr almashish juda muhim. 2018-yil mart oyida Yevropa Farmakopeyasi O‘zbekiston Respublikasini kuzatuvchi maqomida qabul qilishi ushbu yo‘nalishda muhim qadam bo‘ldi.

Yevropa farmakopeyasi 163-sessiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqyea Sog‘liqni saqlash uchun dori vositalarining sifati bo‘yicha yevropa kengashi direktorati direktori Suzanna Kaytel hamda “Dori vositalari, tibbiy buyumlari va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi” DUK direktori Sherzod Abdug‘aniyev o‘rtasida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat farmatsevtika institutini yaratish uchun Yevropa farmakopeyasining matnlaridan nusxa ko‘chirish va moslashtirish huquqini berish to‘g‘risida”gi kelishuv bo‘ldi.

– Bugun yurtimizda 150 dan ortiq mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2500 nomdagi dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, – deydi Sherzod Abdug‘aniyev. – Hozirgacha dori-darmonlarning sifat nazorati bir qator xorij mamlakatlarning xalqaro e’tirof etilgan farmakopeyalari talablariga muvofiq amalga oshirilar edi. Endilikda mazkur kelishuvga muvofiq, yagona, xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirilgan O‘zbekiston Davlat farmakopeyasi chop etiladi. Natijada dori vositalari, reaktivlar, dori shakllari sifat nazoratining uyg‘unlashgan zamonaviy xalqaro standart talablari darajasida amalga oshirish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda mahalliy dori vositalarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining qisqa muddatlarda amalga oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimiz farmatsevtika sanoatining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech