03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Mamlakatimizda
25 Mart  2020 351

Oʻzbekiston fuqarolari Turkiyadan olib kelindi

Bugun erta tongda “Istanbul – Fargʻona” aviareysi orqali olib kelingan 244 nafar Oʻzbekiston fuqarolari karantinga olindi.

Mazkur charter reys bilan olib kelingan yoʻlovchilar Oltiariq tumanidagi “Qiziltepa” sihatgohiga joylashtirildi. Ularning 113 nafari erkak, 118 nafari ayol, 13 nafari voyaga yetmagan fuqarolardan iborat. Hozirgi kunda ushbu muassasada joylashtirilganlarni barchasini sogʻligi tibbiyot xodimlari tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olingan. Ushbu fuqarolar uchun zarur sanitar-gigiyenik vositalar jamlanmasi tayyorlanib, har bir fuqaroga tarqatilgan. Karantinga olingan fuqarolarni 14 kun davomida boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida muassasa badiiy kitoblar va sport anjomlari bilan taʼminlangan.

–Aeroportda juda koʻp davlatlarning fuqarolarini qiynalib, oʻz yurtiga yetolmayotganini koʻrdik, – deydi Andijon viloyatidan Muyassar Roʻziyeva. – Davlatimiz rahbari xorijda qolgan biz kabi fuqarolarga katta yordam koʻrsatib, ogʻir kunda madad boʻldi. Barchamiz bunday kasallikni tezroq yoʻqolishi uchun duolar qilmoqdamiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech