02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Bilasizmi?
12 Yanvar  2020 984

O‘zbekiston Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida yuqoriladi

Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tashkiloti 2019-yil uchun “ Global oziq-ovqat xavfsizligi ” indeksi (GFSI) bo‘yicha hisobotini chop etdi. Hisobotga ko‘ra, indeksdan 2018-yildagi kabi 2019-yilda ham 113 ta mamlakat o‘rin oldi.

GFSI uchta asosiy toifa (komponent)dan tashkil topdi: (1) Oziq-ovqat mahsulotlarining maqbulligi va iste'moli, (2) Oziq ovqat mahsulotlarining mavjudligi va yetarliligi hamda (3) Oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligi darajasi.

Umuman olganda, 87 mamlakat o‘zining ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, 18 ta davlatda oziq-ovqat xavfsizligi darajasi pasaygan hamda 8 ta mamlakatda joriy holat o‘zgarishlarsiz qolgan.

O‘zekiston dunyoda yakuniy 71-o‘rinni egallab, 2018-yilga nisbatan 9 pog‘onaga ko‘tarildi va o‘zining ko‘rsatkichlarini yaxshilagan, deb xabar qiladi Moliya vazirligi matbuot xizmati. O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston (48-o‘rin) va Tojikiston (93-o‘rin) ham ushbu indeksda ko‘tarilgan.

GFSI ning baholash metodologiyasi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda eng katta ijobiy o‘zgarishlar shaharlarning oziq-ovqat oqimini o‘zlashtirish qobiliyati, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga import tariflar kabi ko‘rsatkichlarda kuzatildi. Biroq, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘zgaruvchanligi, qishloq xo‘jaligini tadqiq qilish uchun sarflanadigan davlat xarajatlari va oziq-ovqatning o‘rtacha narxidagi o‘zgarishlar kabi ko‘rsatkichlarda ahamiyatsiz pasayish kuzatildi.

Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi tomonidan yuritiladi, avval DowDuPont tarkibiga kirgan Amerika kompaniyasi “Corteva Agriscience” tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Tadqiqot 2012-yildan beri olib borilmoqda va hozirgi vaqtda dunyoning turli mamlakatlaridagi oziq-ovqat xavfsizligi holatining eng to‘liq to‘plamini aks ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech