21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,2 °C

Harbiy
15 Avgust  2019 517

O‘zbekiston “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritdi

“ArMI-2019” doirasida o‘tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovi yakunlandi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Joriy yilning 4-15 avgust kunlari O‘zbekistonda birinchi bor Xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi.

Qiziqarli bahs va munozaralarga to‘la bo‘lgan 12 kun davomida 11 ta davlatning 200 nafarga yaqin harbiy-tibbiyot mutaxassislari nafaqat yuqori malaka va mahoratlarini namoyish qilishdi, balki harbiy birodarlik va do‘stona munosabatlarni ham ko‘rsatishdi.

“Forish” poligoni mezbonlik qilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining final bosqichida “Xalqaro tanlov g‘olibi” nominatsiyasi bo‘yicha umumjamoa hisobida o‘rinlar qo‘yidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi (5979 ball).

2-o‘rin – Qozog‘iston Respublikasi (5116 ball).

3-o‘rin – Rossiya Federatsiyasi (4992 ball).

“Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovining yopilish marosimi oldidan matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi.

Unda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa g‘olibi “Gentra” avtomobili bilan taqdirlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech