21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,7 °C

Harbiy
9 Sentyabr  2019 616

O‘zbekiston harbiylari “Markaz-2019” o‘quvlarida ishtirok etish uchun Rossiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy kontingenti 16-21 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Markaz-2019” qo‘mondonlik-shtab strategik o‘quvlarida qatnashish uchun Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatiga yetib keldi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Yuz nafardan ortiq harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlariga qarashli ikki dona S-295 harbiy transport aviatsiyasining samolyotlarida Rossiya Markaziy harbiy okrugining Orenburg viloyatidagi harbiy aerodromiga qo‘ndi.

Vakillarimiz Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan rus urf-odatlariga ko‘ra, harbiy orkestr sadolari ostida iliq kutib olindi. Shu kunning o‘zida O‘zbekiston harbiy kontingenti o‘quv mashq shartlari doirasida yaratiladigan sharoitda shtab ofitserlari va harbiy xizmatchilarning hamkorlikda qo‘shin guruhlarining harakatlarini  rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun Donguz poligoniga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarida sakkiz mamlakat – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning  harbiy kontingenti ishtirok etmoqda.

“Markaz-2019” davomida Markaziy Osiyo hududida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish kabi topshiriqlarni hamkorlikda bajarishda mamlakatlar qo‘shinlarining guruh (kuch)larini samarali qo‘llash kabi vazifalar ishlab chiqiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech