15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,1 °C

Moliya
15 Oktyabr  2019 421

O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta'sis etildi

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (14.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, boshlang‘ich ustav kapitali miqdori 25 mlrd. so‘m bo‘lgan AJ shaklidagi qayta moliyalashtirish kredit tashkiloti – O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta'sis etildi.

Moliya vazirligi kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etadi.

Kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri aholining arzon uy-joylarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etishdan iborat.

Qarorga ko‘ra, kompaniya emissiya qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech