14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Mamlakatimizda
27 Iyun  2019 695

“O‘zbekiston” metro bekatida hushini yo‘qotgan yo‘lovchi poezd relslariga yiqilib tushdi

26-iyun kuni taxminan soat 17:00 larda “O‘zbekiston” metro bekatida platformaning chetida turgan paytida o‘zini nohush sezgan yo‘lovchi temir yo‘l izlariga tushib ketgan, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati. 

Stansiya xodimlari unga birinchi yordam ko‘rsatdilar. Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 1994-yilda tug‘ilgan X.M. yiqilish natijasida jiddiy bo‘lmagan jarohat olgan, uning hayoti xavf ostida emas.

Mazkur holat metropoliten poezdlarining xarakat jadvaliga tasir ko‘rsatmagan, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech