17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Sport
31 May  2019 825

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Turkiyaga uchib ketishdi

Bugun, 31 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo‘nalishi bo‘ylab Turkiyaga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Xabar berganimizdek, u yerda milliy terma jamoamiz Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv 2-iyun kuni Alanya shahridagi “Alanya Stadium” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Shundan so‘ng milliy terma jamoamiz a'zolari 3-iyun kuni yarim tunda Toshkentga qaytib kelib, yig‘inni davom ettirishadi. 

7 va 11-iyun kunlari Toshkentdagi “Milliy” stadionda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech