25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Sport
4 Aprel  2019 881

O‘zbekiston MTJ FIFA reytingida 4 pog‘ona yuqoriladi

FIFA milliy terma jamoalarning aprel oyi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi reytingda pog‘ona ko‘tarilib,  85-o‘rindan joy oldi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati. 

Osiyo terma jamoalari ichida O‘zbekiston 11-pog‘onada bormoqda. Eron terma jamoasi Osiyo jamoalari ichida hamon 1-o‘rinda. Ular FIFA reytingida 21-o‘ringa ko‘tarilishgan. Umumiy reytingda esa Belgiya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Fransiya, 3-o‘rinda esa Braziliya terma jamoalari borishmoqda. 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ mart oyida Xitoyda “China cup-2019” musobaqasida qatnashib, Urugvay va Xitoyga qarshi o‘yinlarda maydonga tushdi. Urugvayga qarshi o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Xitoyni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech