28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Turizm
29 Noyabr  2019 1138

O‘zbekiston National Geographic Traveler’ning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

“National Geographic Traveler” jurnalining Rossiyadagi tahririyati National Geographic Traveler Awards 2019 tanlovi yakunlarini e'lon qildi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Unga ko‘ra, “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida O‘zbekiston g‘olib bo‘ldi. Mukofot tantanali ravishda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Botirjon Asadovga topshirildi. Onlayn ovoz berish yakunlariga ko‘ra, tanlovning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida O‘zbekiston 40 foiz ovoz to‘plagan. Shuningdek, ushbu nominatsiyada g‘oliblik uchun Armaniston, Ummon, Tayvan hamda Ruminiya davlatlari kurash olib borgan. “National Geographic Traveler” har yili eng yaxshi turistik yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn ovoz berish orqali tanlov o‘tkazadi. Bu yilgi ovoz berish jarayoni 29-iyundan 31-oktyabrga qadar davom etdi. Joriy yilda eng yaxshilar 24 nominatsiya bo‘yicha saralandi. Mazkur mukofotni qo‘lga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega. Ta'kidlash joizki, o‘tgan yili xuddi shu tanlovda O‘zbekiston “Gastronomik turizm” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egallagan edi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech