13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,3 °C

Sport
9 Yanvar  2019 1638

O‘zbekiston Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshladi

Xabar qilganimizdek, bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi musobaqasi 1-tur o‘yinida ummonlik futbolchilarga qarshi maydonga tushdi. 

O‘yinning dastlabki daqiqalaridan Vatanimiz sharafini quyidagi futbolchilar himoya qildi:

Darvozabon: 1. Ignatiy Nesterov
Himoyachilar: 2.Akmal Shorahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Yegor Krimets, 13.Oleg Zoteev
Yarim himoyachilar: 7.Sardor Rashidov, 9.Odil Ahmedov (S), 19.Otabek Shukurov, 11.Jaloliddin Masharipov, 22.Javohir Siddiqov
Hujumchi: 10.Marat Bikmaev

Tan olish kerak o‘yin futbolchilarimiz uchun oson bo‘lmadi. Shunday bo‘lsada, hisobni bizning futbolchilar ochdi. 34-daqiqada terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovning jarima to‘pidan yo‘llagan ajoyib zarbasidan so‘ng to‘p raqiblar darvozasi to‘ridan joy oldi. 

Ammo shundan so‘ng Ummon terma jamoasi o‘z o‘yinini kuchaytirdi va bu uchrashuvning 72-daqiqasiga kelib samarasini berdi. Al-G‘assaniy hisobni tenglashtirdi, 1:1.

Oradan 14 daqiqa o‘tib, futbolchilarimiz hisobda yana oldinga chiqib oldi. 83-daqiqada Marat Bikmaev o‘rniga maydonga tushgan Eldor Shomurodov o‘yinning 86-daqiqasida raqiblar darvozasiga gol kiritdi va mana shu hisob o‘yinning oxirigacha saqlanib qoldi.

Ushbu natijadan so‘ng terma jamoamiz uch ochkoga ega bo‘lib, guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi o‘yinda ham futbolchilarimizga omad tilaymiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech