10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Turizm
28 Yanvar  2020 1311

O‘zbekiston Osiyoning eng yirik festivali hamkori

1-16-fevral kunlarida Hindistonning Xaryana shtatida Osiyoning eng yirik hunarmadchilik festivallaridan biri hisoblangan «Surajkund Mela» bo‘lib o‘tadi. Unda har yili 60 dan ortiq mamlakatdan kelgan milliondan ziyod hunarmandlar va mehmonlar ishtirok etadi.

«Surajkund Mela» – dunyo mamlakatlarining amaliy san’ati namoyish etiladigan pavilonlar yarmarkasi. Konsepsiyaga ko‘ra, har yili Hindistonning bir shtati - festival mavzusi sifatida, xorijiy davlatlardan biri esa sherik davlat sifatida tanlanadi.

Bu yilgi festival sherik davlat sifatida O‘zbekistonni tanlagan. Tadbirda yurtimizdan 60 ga yaqin amaliy san’at ustasi, Samarqand, Xorazm va Buxoro viloyatlari delegatsiyalari, musiqachilar, ijrochilar, madaniyat vakillari, an’anaviy taomlar oshpazlari va rasmiy doiralar vakillari ishtiroki kutilmoqda. 

Tadbir doirasida o‘zbek xalqining madaniy merosiga bag‘ishlangan qator tadbirlar, jumladan, «O‘zbekiston madaniyati kuni», «O‘zbekiston milliy taomlari kuni», mashhur hind dizayneri va O‘zbekistonning Hindistondagi madaniyat elchisi Ritu Berining «Ferghana Fantasy» to‘plami namoyishi, O‘zbekiston san’ati ustalarining chiqishlari va boshqalar o‘tkaziladi.

O‘zbekistonning Festivaldagi ishtiroki bilan bog‘liq tashkiliy ishlar O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi, «Hunarmand» uyushmasi, hududiy hokimliklar va qator hamkorlar tomonidan tashkil etiladi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech