01 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,9 °C

Xalqaro hamkorlik
17 Fevral  2020 4353
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 19-20-fevral kunlari mazkur mamlakatda boʻladi.

 

 Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

 Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar boʻyicha fikr almashiladi.

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Respublikasi Prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech