21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Mamlakatimizda
12 Iyul  2019 867

1-sentyabrdan “O‘zbekiston tarixi” telekanali tashkil etiladi

“O‘zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4390-son, 11.07.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-sentyabrdan “O‘zbekiston tarixi” telekanali tashkil etiladi.

Qaror bilan telekanalning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi.

Unga muvofiq, telekanalning asosiy vazifasi O‘zbekistonning ko‘hna va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ilmiy, madaniy va ma'naviy hissasi haqida mamlakatimiz aholisini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech