16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Sport
26 Mart  2019 3610

O‘zbekiston tarixida ilk Olimpiya o‘yinlari chempioni Lina Cheryazova olamdan o‘tdi

O‘z nomini o‘zbek sporti tarixining zarvaraqlariga bitgan Lina Cheryazova 50 yoshida olamdan o‘tdi. Mahoratli fristaylchimiz uzoq vaqt og‘ir hastalik bilan kurashib kelayotgan edi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

 

Lina Cheryazova 1968-yil 1-noyabr kuni Toshkentda tavallud topgan. 1994-yili Norvegiyaning Lillexammer shahrida o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlarida fristaylning akrobatika yo‘nalishida ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘lgan. Bu hozirgacha O‘zbekiston vakillarining qishki Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan birinchi va yagona medali sifatida ta'kidlab kelinadi. Shuningdek, Cheryazova 1993-yili jahon chempionatida ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi. Sportchimiz umrining oxirgi yillarini onasi tug‘ilgan Rossiyaning Novosibirsk shahrida yashadi.

Lina Cheryazova 1994-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, 1998-yili esa «Mehnat shuhrati» ordeni va «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan bilan mukofotlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech