27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
18 Aprel  2020 370

O‘zbekiston usuli jahon nigohida

«Guardian» COVID-19»ga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekistonning usuliga e’tibor qaratdi.

«Guardian»ning yozishicha, Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi potensial dorilarning keng miqyosli sinovi boshlandi. Ular mamlakat bo‘ylab «COVID-19»ga chalingan ming kishida qo‘llab ko‘riladi.

Bu «Qayta tiklash» deb nomlangan loyiha doirasidagi test jarayoni bo‘lib, umuman, loyihaning o‘zi Milliy sog‘liqni saqlash xizmati tarkibiga kiruvchi 165 kasalxonada besh mingdan ziyod bemorni qamrab oladi. Olimlar bir necha hafta ichida dastlabki natijalarni olish niyatida.

Mana shu xabarning bir joyi alohida e'tiborni tortdi. «Britaniyalik mutaxassislar infeksiyaga qarshi kurashda koronavirus bilan kasallanib, tuzalgan odamlarning qon plazmasidan foydalanish variantini ko‘rib chiqmoqdalar», deyiladi unda. Bilsangiz, bu usulga ilk bor O‘zbekistonda murojaat qilingan va hozirda mamlakatimiz klinikalarida undan keng foydalanish bo‘yicha qizg‘in jarayon ketmoqda.

Respublikamiz Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari qayd etganidek, «COVID-19» infeksiyasiga chalinib, sog‘aygan bemorlar qon zardobida virusga qarshi immun tanachalar paydo bo‘ladi hamda ular virusning o‘limiga olib keladi. Zardob xastalik og‘ir kechayotgan yoki uzoq davom etayotgan bemorlarga virusni tezroq va osonroq yengish uchun qo‘shimcha kurashish manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tish joiz, bir necha kun avval angliyalik mutaxassislar yurtimiz shifokorlari bilan videokonferens shaklida uchrashuv o‘tkazib, aynan shu tajriba haqida fikr almashgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech