13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,1 °C

Xalqaro munosabatlar
31 Avgust  2019 1154
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Aleksandr Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi. 

Belarus Prezidenti, o‘z navbatida, iliq qutlov uchun minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbarini va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Tomonlar serqirra O‘zbekiston-Belarus munosabatlari bugungi kunda yuqori sur'atlar bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roppa-rosa bir oy avval Belarus Respublikasiga amalga oshirgan ilk marotaba rasmiy tashrifining samarali natijalari ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilgani, uni aniq mazmun bilan boyitgani ta'kidlandi.

Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlik va ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiyani kengaytirish borasida intilishlari qat'iy ekanini ta'kidladilar.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech