18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,2 °C

Sport
13 May  2019 500

O‘zbekiston va Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun poytaxtimizdagi «Miran International Hotel Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston va Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Mazkur memorandum O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov va Turkmaniston MOQ Bosh kotibi Azat Muratov tomonidan imzolandi.

Memorandumga asosan, tomonlar o‘rtasida do‘stona va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ko‘pgina sport turlari bo‘yicha ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish, murabbiylar malakasini oshirish, o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech