11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Xalqaro hamkorlik
3 Iyul  2020 384

Oʻzbekiston Xalqaro zaytun yetishtiruvchilar kengashida kuzatuvchi davlat maqomini oldi

Gruziya raisligidagi Xalqaro zaytun yetishtiruvchilar kengashining (IOS) 111-yalpi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida tashkil qilindi.

Kengash yalpi majlisida unga aʼzo davlatlar — Albaniya, Jazoir, Misr, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Gruziya, Eron, Isroil, Iordaniya, Livan, Liviya, Chernogoriya, Marokash, Falastin, Tunis, Turkiya, Urugvay va kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlar — Argentina, Oʻzbekiston va Suriya vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ochilishida “IOS” prezidenti Georgiy Svanidze soʻzga chiqib, ishtirokchilarni kengashga aʼzo boʻlish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston arizasi toʻgʻrisida xabardor qildi va mamlakatimiz vakillarini Oʻzbekistonning tashkilotga kuzatuvchi maqomini olgani bilan tabrikladi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonning “IOS”ga aʼzo boʻlish qarori nafaqat Xalqaro zaytun yetishtiruvchilar kengashi obroʻsini mustahkamlaydi, balki mamlakatda zaytun ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkon beradi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda zaytun yetishtirish uni mintaqaviy va global miqyosda yetkazib berish zanjirini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Mamlakatimiz fermer va ishlab chiqaruvchilari uchun yangi savdo bozorlarini taraqqiy ettirishga imkon beradi.

Oʻzbekistonning Xalqaro zaytun yetishtiruvchilar kengashi bilan hamkorligi esa mamlakatda zaytun sanoatini rivojlantirish va zaytun plantatsiyalarini kengaytirish uchun sharoit yaratadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Oʻz navbatida, onlayn majlisda ishtirok etgan delegatsiyalar rahbarlari bir ovozdan Oʻzbekistonning kengashga kirish istagini qoʻllab-quvvatladilar.

Eslatib oʻtamiz, “IOC” 1959-yilda, “Zaytun moyi toʻgʻrisida”gi xalqaro shartnoma (1956-yilda qabul qilingan) negizida tashkil etilgan. Kengash asoschilari Oʻrta yer dengizidagi Yevropa va Afrikaning 11 ta mamlakati hisoblanadi.

Tashkilotning bosh qarorgohi Ispaniya poytaxti Madrid shahrida joylashgan. Bugungi kunda kengash zaytun moyi va zaytun ishlab chiqaruvchilarning qariyb 80 foizini, uni eksport qiluvchilarning esa 98 foizini birlashtiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech