07 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Salomatlik
7 May  2020 3492

Oʻzbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 679 bemordan 11 nafarining ahvoli ogʻir

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus infeksiyasiga chalingan 2266 fuqaro roʻyxatga olingan. Bemorlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilyapti. 6-may kuni 76 fuqaro toʻliq sogʻaygan va reabilitatsiya markazlariga oʻtkazilgan. Ayni paytga qadar 1577 nafar, yaʼni 70 foizdan ortiq bemor virusdan forigʻ boʻldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, shifoxonalarda davolanayotgan 679 bemordan 10 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir.

Prezidentimiz tomonidan oʻtkazilgan selektr yigʻilishida berilgan topshiriqqa muvofiq, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan maʼmuriy hududlar toifalarga, yaʼni “yashil”, “sariq”, “qizil” hududlarga boʻlib chiqildi. Unda kasallik qayd etilishi, kasallikka chalingan bemorlar mavjudligi yoki kasallik qayd etib turilganligi eʼtiborga olindi. “Yashil” hududlar hozirgi paytga kelib, kasallikka chalingan bemorlari yoʻq yoki mavjud bemorlari toʻliq davolanib, reabilitatsiyaga oʻtkazilgan hududlardir. Kasallik 14 kun davomida qayd etilmayotgan, lekin bir paytni oʻzida hali davolanish kursini davom ettirayotgan bemorlari mavjud hududlar “sariq”, kasallik qayd etib turilgan hududlar esa “qizil” hududlar deb baholandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech