15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,1 °C

Agrosеktor
16 Oktyabr  2019 552

O‘zbekistonda yetishtirgan organik paxta xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi

Bu haqda «Textile technologies group” MChJ XK faoliyati  va uning Chinoz paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan press-turda aytib o‘tildi.

Ma'lum bo‘lishicha, O‘zFA olimlari va xorijlik mutaxassislar hamkorligida organik paxta yetishtirishga qo‘l urildi. Hozir Chinoz tumanining 217 gektar maydonida ilk bor organik paxta yetishtirilgan. Organik paxpa parvarishi uchun kimyoviy va mineral o‘g‘itlar ishlatilmay, aksincha, biomahsulotlar ishlatiladi. Kutilgan natija ham yomonmas, gektaridan 30 sentnerdan hosil olinmoqda. Hatto organik paxta chigitidan ekologik toza yog‘ olish imkoniyati ham mavjud.

Buning natijasida mahsulotni jahon va Yevropa bozoriga eksport qilish imkoni paydo bo‘ladi.

Mutaxassislarning aytishicha, kelgusi yil 1150 gektar yerda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish ko‘zda tutilgan. Shundan 600 gektarida organik paxta, qolgan maydonida esa organik bug‘doy yetishtirish rejalashtirilmoqda.

– Davlatimiz tomonidan to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda klaster faoliyatini keng joriy qilishga katta e'tibor qaratilmoqda, – deydi “Textil Technologies Group” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi direktori Dilshod Tojiboyev. – Shundan kelib chiqib, biz uchun  Toshkent viloyati Chinoz tumanida klaster asosida paxta xom ashyosini yetishtirish maqsadida 7 ming gektar yer maydon ajratildi. Ushbu yer maydonidan 5 ming 700 gektarda Chinoz fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida va 1 ming  300 gektarda klaster asosida paxta hosili yetishtirilmoqda. Paxta yetishtirishda eng zamonaviy texnikalarga egamiz. Kelgusi rejalarimiz yanada ulkan. Masalan, korxonaning faoliyatini yanada takomillashtirish uchun 11 loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda paxtani yetishtirishdan to tayyor mahsulotgacha qayta ishlash texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech