15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Kеyingi avlod
9 Iyun  2019 796

O‘zbekistonlik o‘quvchi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi

Joriy yilning may oyida O‘zbekistonlik “Wunderkind Study” maktabining 5-sinf o‘quvchisi Rustam Muhammadjonov “HIPPO” xalqaro ingliz tili olimpiadasida g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi.

 

Mazkur tanlovda jami 40 ta davlatdan 36 mingta ishtirokchi o‘z bilimini sinab ko‘rdi. Shundan 32 ta davlat final bosqichida Italiyada ingliz tili fanidan bellashdi.

E'tiborlisi, mazkur xalqaro olimpiadada O‘zbekiston maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ham iqtidorlarini namoyon etdi. Uch bosqichda o‘tkazilgan tanlovda mamlakatimizdan ikki nafar o‘quvchi muvaffaqiyatli qatnashib, yana bir bor yurtimiz nomini dunyoga tanitdi.

Jumladan, Rustam Muhammadjonov eng yuqori 101 ball bilan 1-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik g‘olibga Amerikaning Mizzou Academy maktabida 2 haftalik bepul ta'lim olish imkoniyati hamda xalqaro ingliz tili tashkilotlari Pearson, IESOL tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, “Lider Taʼlim” maktabining 6-sinf o‘quvchisi Ramiz Zohrabov 85 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech