23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Kеyingi avlod
2 Avgust  2019 420

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Malayziyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lishdi

26-29-iyul kunlari Malayziyada nufuzli Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston umumta'lim maktablaridan 13 nafar o‘quvchi ishtirok etdi, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Olimpiadaning maqsadi “STEAM” (Science, Technology, Engineering, Arts and Mathematics) yo‘nalishidagi ta'lim standartlari hamda o‘quv dasturlarini nafaqat axborotni eslab qolish va xotirlash, balki ijodkorlik, mustaqil qidirish, tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga e'tibor bergan holda ilgari surish hisoblanadi.

Ishtirokchilar final bosqichiga rebus va matematik masalalarni yechish yo‘li bilan tanlab olindi. Mazkur bosqichda yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Olimpiada yakunida yosh vatandoshlarimiz 20 ta davlatdan kelgan 1100 dan ortiq o‘quvchilar orasida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 12 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech