22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Kеyingi avlod
11 Oktyabr  2019 615

O‘zbekistonlik talaba «Quiz on Korea» tanlovi mutlaq g‘olibi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Hamida Qahramonova Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan «Quiz on Korea» tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

 

Mazkur nufuzli xalqaro tanlovda Germaniya, Angliya, Portugaliya, Rossiya va Turkiya kabi 20 ta davlatdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etib, ular Koreya madaniyati va tarixi bo‘yicha savollar asosida sinovdan o‘tkazildi.

O‘zDJTU talabasi tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib,  finalda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va 10 mln. von (deyarli 10 ming dollar) pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun,  Hamida Qahramonova O‘zDJTUning Filologiya fakultetida koreys tili yo‘nalishi bo‘yicha 3-kursda tahsil oladi.  U joriy yilda KOICA tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan Koreys madaniyati mutaxassislari dasturida ham birinchi o‘rinni olib, Janubiy Koreyaga 80 kunlik ta'lim grantini qo‘lga kiritgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech