27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Mamlakatimizda
29 Mart  2020 445

Oziq-ovqat tanqisligi bo‘lmaydi

Ma’lumki, 30-martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va haraktlanishiga ruxsat berildi.

Ammo bu shahrimizga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirilmaydi degani emas.

Bugun shahrimizning ko‘plab bozorlari va do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir.

Shu sabab aholimizga murojaat qilib, zaxirada qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanligini, bozor va do‘konlar bunday mahsulotlar bilan muntazam ta’minlanishini ma’lum qilamiz, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, xabarda faqat zaruratga ko‘ra ko‘chaga chiqish, odamlar bilan oraliq masofani saqlash, sanitariya-gigiena talablariga rioya etish va bu bilan inson o‘zining hamda yaqinlarining salomatligini asrashi eslatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech