05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Sanoat
13 Mart  2020 416

«O‘zstandart» agentligida xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-treyning o‘tkazildi

«O‘zstandart» agentligida Germaniyaning «Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash» loyihasi doirasida Germaniya Federal fizika-texnik instituti (PTB) hududiy loyihasining koordinatori Oliver Dittxardt, sifat infratuzilmasi va metrologiya umumiy masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert Klemens Sanetra va O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yovan Yekich ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar treningda standartlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish sohalarida yevropa tajribasi, Jaxon Savdo Tashkilotiga kirishda muvofiqlikni baholash, standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohalarining o‘rni va vazifalariga oid  dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Xalqaro ekspertlar tomonidan standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohalarining mas’ul mutaxassislari xalqaro tajribalardan kelib chiqib, jahon savdo va iqtisodiy  integratsiyasi  jarayonlarida milliy va xalqaro me’yoriy hujjatlar talablarini mukammal bilishlari, ularni qabul qilish va joriy etish  jarayonida ushbu talablarni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash va unga rioya qilishlari zarurligi tushintirib o‘tildi.

Tadbir davomida seminar ishtirokchilari dolzarb mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech