20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

IT-xabarlar
29 Dekabr  2018 2010

«UZ» domenining 2018-yilgi ko‘rsatkichlari ma’lum qilindi

Yakuniga yetayotgan yilda “Uz” milliy domenining o‘sish ko‘rsatkichi 24,1 foizga teng bo‘ldi. Bu 12 524 domen nomlari degani.

Ulardan 23 482 tasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 10 959 domen o‘chirilgan, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati. Yil oxiriga kelib «UZ»dagi faol domenlarning umumiy soni 65 mingdan ziyod domen nomlarini tashkil etdi. O‘n yil ichida ushbu raqam 7595 taga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, yuqori darajadagi «UZ» domeni 1995-yil 29-aprelda ro‘yxatga olingan, 2003-yilning mart oyida ICANN Xalqaro tashkiloti uni «UZINFOCOM» markazi ixtiyoriga bergan. 2018-yilda «UZINFOCOM yagona integratori» MChJning domen nomlarini ro‘yxatga oluvchi sifatidagi faoliyati tugatilishi haqidagi qarorga kelingan.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech