17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Voqea-hodisalar
30 Iyul  2019 656

Minskda Alisher Navoiyning haykali ochildi

Minsk shahrining Sverdlov ko‘chasidagi xiyobnda o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiyning yodgorlik-byusti o‘rnatildi.

Ochilish marosimi Belarus va O‘zbekiston hududlarining Birinchi forumi doirasida bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi BeLTA muxbiri.

Unda Belarus Respublikasi Kengashi Milliy yig‘ini raisi o‘rinbosari Marianna Shchyotkina, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev, Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Krepaklar ishtirok etdi.

«Atoqli o‘zbek shoiri, mutafakkiri Alisher Navoiy haykali ochilishi - yorqin va tantanali tadbirdir. U nafaqat shoir, balki buyuk insonparvar ham edi. Bu butun insoniyatning merosi, deya ishonch bilan aytish mumkin», – dedi Marianna Shchyotkina.

Sodiq Safoev qardosh Belarus poytaxtida o‘zbek xalqining buyuk o‘g‘liga yodgorlik ochilishida ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘lganidan g‘oyat mamnun ekanini ta'kidladi. Buyuk ajdodimiz xotirasiga hurmat bajo keltirgani uchun O‘zbekiston xalqi nomidan u Belarus Prezidenti, Minsk shahar hokimligi va jamoatchiligiga samimiy minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Belarusni vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli hamkori, tashqi siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri, deb hisoblaydi, Navoiy haykalining ochilishi esa ikki xalq o‘rtasidagi ana shu aloqalarning mustahkamlanib borayotgani tasdig‘idir.

Yodgorlik yosh haykaltarosh Maksim Makarevichning eskiz loyihasi bo‘yicha yaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech