03 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Moliya
16 Aprel  2020 3172

Pandemiyaning oldini olish choralari

Joriy yil may oyidan pensiya va nafaqalarning to‘liql plastik kartalarga o‘tkazilishi nazarda tutilyapti.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra respublikadagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar joriy yilning may oyidan pensiya va nafaqalarni to‘liqligicha plastik kartalarga o‘tkazish orqali amalga oshirilishi haqida qaror qabul qilindi, deb xabar beradi koronavirus info.

Mazkur qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad — pensioner va nafaqa oluvchilarning sog‘lig‘ini saqlash va koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish.

Tibbiyot xodimlarining xulosalariga asosan, ushbu kasallik yoshi katta, surunkali kasallikka yo‘liqqan, immuniteti zaiflashgan odamlarda oirroq kechadi.

Naqd pul orqali muomala qilish — virus tarqalishiga olib keluvchi omillardan hisoblanadi, chunki naqd pulda koronavirus qo‘zg‘atuvchi qator bakteriya va noma’lum infeksiyalar mavjud bo‘lib, ular uzoq muddat (4-5 kun davomida) saqlanib qoladi.

Hozirgi kunda respublikada jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni — 3 million 734 ming 237 nafarni tashkil etadi. Pensiya va nafaqa tarqatish uchun esa AT «Xalq banki»ning 4 ming 355 nafar xodimi, 600 dan ortiq avtotransport haydovchilari hamda Markaziy bank Inkassatsiya xizmatining 1 000 dan ortiq xodimi jalb etilgan. Ushbu jarayonga ichki ishlar idoralarining 1 090 nafar xodimi ham biriktirilgan.

Naqd pul shaklida pensiya va nafaqalarni olish va tarqatish jarayonida qariyb 4 million odamning o‘zaro muloqoti respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavf-xatarini keskin oshirib yuboradi.

Yuqoridagilarga asosan, Maxsus komissiyaning qarori amaldagi qonun hujjatlariga zid hisoblanmaydi hamda pensioner va nafaqaxo‘rlarning huquqlarini buzishga emas, balki ularning sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan chora hisoblanadi. Bundan tashqari, komissiya qarorida pensiya va nafaqalarni plastik kartalar orqali berish respublikadagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar amal qilishi hamda respublikamizning barcha hududlaridagi savdo nuqtalarini to‘liq to‘lov terminallari va naqd pul olish imkonini beruvchi bankomatlar bilan ta’minlanishi nazarda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech