19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xavfsizlik
16 Sentyabr  2019 650

Paxtachida ayol kishi MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ayol kishi Majburiy ijro byurosi xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ularni tayoq bilan urgan.

Ma'lum qilinishicha, 13-sentabr kuni soat 10:00 larda tuman bo‘limi xodimlari “Hunarmand” mahallasida joylashgan xususiy korxonaga o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib olganligi holatini tekshirish maqsadida borgan vaqtda N.R. (1991 y.t, ayol) MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilib, tayoq bilan B.U. ni tanasining turli qismlariga urib, shuningdek F.X. ning qo‘lidan dalolatnomani tortib olib, ularni yirtib, yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan N.R. ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech