31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35 °C

Xavfsizlik
28 Noyabr  2019 1565

Toshkentda MDH davlatlari poytaxt IIO rahbarlarining birinchi kengashi bo‘ladi

Toshkentda MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar poytaxtlarining ichki ishlar organlari/politsiyasi bo‘linmalari rahbarlarining birinchi kengashi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ushbu tadbirni o‘tkazish tashabbusi MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant P. Bobojonov tomonidan ilgari surilgan edi.

Ushbu tashabbus Uyushgan jinoyatchilik va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosi tomonidan ma'qullanib, qo‘llab quvvatlangan.

Tashabbusning maqsadlari:

- Toshkent shahar IIBB va MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar poytaxtlarining ichki ishlar organlari/politsiyasi bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;

- axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi va terroristik faoliyatga qarshi kurash, turistlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha tajriba almashuvini kengaytirish;

Majlisda MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar poytaxtlari ichki ishlar organlari/politsiyasi rahbarlarining yig‘ilishlariga doimiy kengash organi maqomini berish va ushbu format faoliyati haqida Nizom loyihasini tuzish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish masalalri muhokama qiliniadi.

Tashabbuskor fikriga ko‘ra MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlari poytaxt ichki ishlar organlari/politsiyasi bo‘linmalari kuchilarini birlashtirish natijasida hal qilinidagi vazifalar quyidagilardan iborat:

- tajriba va ma'lumot almashish mexanizmi ishlab chiqilishi;

- huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni o‘tkazish va shu o‘rinda quyidagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini kelishilgan holda amalga oshirish:

- terrorizm va ekstremizm;

- giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop vositalarning noqonuniy savdosi;

- axborot texnologiyalari sohasida;

- shaxsga nisbatan sodir etilgan, shu bilan birga odam savdosi bog‘liq jinoyatlar.

Kengash yakuniga ko‘ra ikki tomonlama hujjatlar va o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech