02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Agrosеktor
21 Yanvar  2020 1433

Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga subsidiyalar beriladi

2020-yil 17-yanvarda  PQ—4567 sonli «Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Портал pv.uz/Правда Востока/20 января. Qarorga muvofiq, 2020-yilda yangi tutzorlar uchun ajratiladigan yer maydonlari belgilandi. Jumladan, joriy yilning I choragida respublika bo‘yicha jami 4 985 gektar yer maydoni ajratiladi.

Shuningdek, ushbu hujjat bilan 2020 –2024-yillarda respublika hududlarida meliorativ ob'ektlar atrofida va qishloq xo‘jaligi yerlarida hosildorlikni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota tutzorlarini barpo etish prognoz parametrlari tasdiqlandi.

Hujjatda belgilangan yillarda jami 12 ming gektardan ziyod maydonda ihota tutzorlari barpo qilinishi ko‘zda tutilgan.

Qaror bilan shuningdek, 2020 –2025-yillarda ipak qurti parvarishlash va tirik pilla xomashyosi yetishtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari ham tasdiqlangan.

Shunga asosan, joriy yilda respublika bo‘yicha jami 21 ming tonna pilla yetishtirish nazarda tutilgan.

Shunday qilib, 2020-yil 1-fevraldan boshlab:

-pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etgan holda yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga 8 millon so‘mgacha;

-maydoni 35 gektardan ziyod tutzorlarda suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so‘mgacha subsidiya taqdim etiladi.

Bundan tashqari, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi hududiy «Agropilla» MChJlariga tegishli tutzorlar tajriba sinov tariqasida aholiga oilaviy pudrat asosida 1 gektardan 3 gektargacha taqsimlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech