05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Moliya
21 Fevral  2020 1976

«Anor» tezkor to‘lov tizimi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar o‘rtasida pul mablag‘larini 24/7  (tanaffussiz va dam olish kunlarisiz) rejimida banklararo o‘tkazish «Anor» tezkor to‘lov tizimi  joriy etilgan.

«Anor» tizimi elektron-raqamli imzoni qo‘llagan holda Web-servislar texnologiyasi asosida tuzilgan bo‘lib, kechayu-kunduz rejimida to‘lovchilarning to‘lov yo‘riqnomasiga asosan banklararo to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bunda bank xizmatini masofadan turib qo‘llash tizimidan foydalaniladi. Shunday qilib, bank ofisiga kelish zaruratiga chek qo‘yiladi.

Mazkur tizimni «Hamkorbank», «Trastbank», «Ipotekabank» va «Turkistonbank» tijorat banklari ishtirok etadigan test sinovidan o‘tkazish tashabbusi bilan Markaziy bank 2019-yil oxirida chiqqan edi. Sinov sifatida qo‘llash 2020-yil 18-fevralda boshlangan. Dastlabki ikki kun ichida mazkur tizim orqali umumiy qiymati salkam 20 milliard so‘mni tashkil qiladigan mingdan ziyod to‘lov amalga oshirilgan.

Joriy yilning fevral-mart oylarida «Anor» yangi loyihasiga respublikaning boshqa banklarini ham bosqichma-bosqich ulash rejalashtirilgan, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech